1

Shavkat Mirziyoev Elboshi Nursulton Nazarboev bilan chegara hududda uchrashdi

Siyosat 25.09.2020, 19:40
Shavkat Mirziyoev Elboshi Nursulton Nazarboev bilan chegara hududda uchrashdi

Bugun, 25 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboevning amaliy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv Qozog`iston tomonining taklifiga binoan Turkiston viloyatining O`zbekiston bilan chegaradosh hududidagi Sariag`ash shahrida o`tkazildi.

Ikki mamlakat etakchilari O`zbekiston-Qozog`iston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Koronavirus infeksiyasi global miqyosda tarqalishining oqibatlarini tez fursatda engib o`tish maqsadida hukumatlar darajasida yaqindan muvofiqlashuv va samarali hamkorlikni davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

Ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va tovar ayirboshlashning o`zaro kelishilgan ko`rsatkichlariga erishish uchun qulay sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, qabul qilingan qo`shma “Yo`l xaritasi” doirasida sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi va transport sohalarida kooperasiya bo`yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirishga ko`maklashish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni qo`llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, mintaqaviy sheriklikni, jumladan, 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o`tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida erishilgan kelishuvlar asosida ilgari surish masalalariga to`xtalib o`tildi.

Bundan tashqari, MDH doirasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikning asosiy yo`nalishlari ko`rib chiqildi.

Suhbat chog`ida Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev qardosh O`zbekiston va Qozog`iston xalqlari o`rtasida yaxshi qo`shnichilik rishtalari va har tomonlama aloqalarni mustahkamlashda doimo qat`iy ekanliklarini yana bir bor ta`kidladilar.

Uchrashuv har doimgidek ochiq va do`stona ruhda o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1