1

Pandemiya davrida O`zbekistonda eng ko`p ajrim holati qayd etilgan hududlar 5ligi ma`lum qilindi

Jamiyat 25.09.2020, 19:51
Pandemiya davrida O`zbekistonda eng ko`p ajrim holati qayd etilgan hududlar 5ligi ma`lum qilindi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo`yicha 16 944 ta ajrim holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4371 taga kam.

Joriy yilning avgust oyida 2381 (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 107 taga kam) ta ajrim holatlari qayd etilib, respublika bo`yicha eng ko`p ajrim Toshkent shahrida (350 ta) kuzatildi.

O`tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo`yicha Toshkent shahri – 2244 ta, Andijon – 1999 ta, Samarqand – 1793 ta, Toshkent – 1738 ta va 1700 ta bilan Farg`ona viloyatlari yuqori o`rinni egallagan.

Ma`lumot o`rnida respublika bo`yicha 8 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (578 ta) viloyatida qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1