1

Saida Rametova o`zi haqida tarqalgan sovuq xabar yuzasidan xalqqa murojaat bilan chiqdi (video)

Jamiyat 25.09.2020, 21:11
Saida Rametova o`zi haqida tarqalgan sovuq xabar yuzasidan xalqqa murojaat bilan chiqdi (video)

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova vafoti bilan bog`liq yolg`on xabarlar tarqalmoqda. Sal avval Madaniyat vazirligi ushbu asossiz mish-mishlarni inkor etgan edi.

Ayni paytda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova o`zi haqija tarqalgan sovuq xabarlar yuzasidan xalqqa murojaat bilan chiqdi.

"Kimdir hazilllashib, chiqaribdi: Saida o`ldi deb. Yo`q! "Yomonga o`lim yo`q!" Meni yaxshi ko`rgan va mani duo qilgan insonlar sabab men Allohga shukur tuzaldim. Hali uzoq yillar xalqimga to`ylarda, teatrlarda chiqib xizmat qilaman. Bu gaplarga ishonmanglar!" - deya murojaat qilgan elning sevimli aktrisasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1