AsosiyDunyo

Armanistonda harbiy holat va umumiy safarbarlik e`lon qilindi

'Armanistonda harbiy holat va umumiy safarbarlik e`lon qilindi'ning rasmi

 Armaniston hukumati Tog`li Qorabog`dagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e`lon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanga tayanib Sputnik ma`lum qildi.

“Hukumat qarori bilan Armaniston Respublikasida harbiy holat va umumiy safarbarlik e`lon qilinmoqda. Qaror e`lon qilingandan so`ng kuchga kiradi. Qo`shinlarga yozib qo`yilgan shaxsiy tarkibni o`zlarining hududiy harbiy komissarligiga hozir bo`lishga chaqiraman”, - deya yozgan Pashinyan Facebookʼda.

Tog`li Qorabog`dagi tutash chegaralarda navbatdagi vaziyat keskinlashgani bugun ertalab ma`lum bo`ldi.

Boku va Erevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni o`t ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujum qarshi amaliyotni boshlaganini ta`kidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog` Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini ma`lum qilmoqda.

Qorabog` mojarosi 1988 yilning fevralida, Tog`li Qorabog` avtonom viloyati o`zining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida e`lon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Tog`li Qorabog` va unga qarashli ettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992 yildan buyon OBSEning Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSh va Fransiya boshchiligida mojaroni tinch yo`l bilan bartaraf etish bo`yicha muzokaralar o`tkazib kelinadi. Ozarbayjon o`z hududi yaxlitligini saqlab qolishga qattiq turib olgan. Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilib keladi, chunki Tog`li Qorabog` Respublikasi muzokaralar tomoni emas.

    Boshqa yangiliklar