1

Tog`li Qorabog`dagi to`qnashuvlarda 550 nafar Armaniston harbiysi o`ldirilgan

Dunyo 28.09.2020, 11:26
Tog`li Qorabog`dagi to`qnashuvlarda 550 nafar Armaniston harbiysi o`ldirilgan

Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, mudofaa idorasining ma`lum qilishicha, Armaniston Qurolli kuchlarining 22 ta tank va boshqa og`ir texnikalari, 15 ta “OSA” zenit-raketa majmuasi, 18 ta dron, 8 ta artilleriya va 3 ta qurol-yarog` ombori yo`q qilingan.

Rasmiy Baku o`zining yo`qotishlariga aniqlik kiritmagan.

Armaniston Mudofaa vazirligi ma`lumotiga ko`ra, to`qnashuvlarda 200 nafar ozarbayjonlik askar halok bo`lgan. Bundan tashqari, 30 tank va zirhli texnikalar hamda 20 ta dron yo`q qilingan.

Ma`lumot uchun, Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o`rtasida Tog`ri Qorabog`dagi qarama-qarshilik nuqtasida kecha, 27 sentyabr kuni ertalab to`qnashuvlar boshlandi. To`qnashuvning yuz berishida ikki tomon ham bir-birini aybladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1