1

Abdulla Aripov Dushanbega etib keldi

Siyosat 29.09.2020, 10:35
Abdulla Aripov Dushanbega etib keldi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig`ilishida ishtirok etish uchun 29 sentyabr kuni Tojikiston poytaxtiga etib keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.

Avval xabar qilinganidek, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq va suv xo`jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo`nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O`zbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yig`ilishini o`tkazish ko`zda tutilgan, - deyilmoqda xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1