1

Abdulla Aripov suv tanqis bo`lishiga qaramasdan, qo`shimcha suv etkazib bergan Tojikiston tomonga minnatdorlik bildirdi

Siyosat 29.09.2020, 20:47
Abdulla Aripov suv tanqis bo`lishiga qaramasdan, qo`shimcha suv etkazib bergan Tojikiston tomonga minnatdorlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo`lib turibdi. Har ikki davlat delegasiyasi o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuv davomida Abdulla Aripov iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar borasida gapirdi: 

— Bizdagi statistikaga ko`ra so`nggi uch yilda har ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalari ikki yarim barobarga oshdi. O`zbekistonning Tojikistonga eksporti 2,1 barobarga oshgan bo`lsa, Tojikiston eksporti qariyb 5 barobar ortdi. Bundan kelib chiqadiki, bizning munosabatlarimiz faqat bir tomonlama manfaatli hamkorlik emas, balki har ikki tomonga naf keltiradi.

Joriy yilda pandemiya tufayli O`zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar o`rtasida o`zaro tovar ayirboshlash pasaydi, ammo faqat Tojikiston bilan o`tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga oshib, 317 million dollarni tashkil etdi.

Yaqin yillarda oldimizga qo`yilgan vazifa — o`zaro tovar aylanmasini 1 milliard AQSh dollariga etkazish imkoniyatiga egamiz.

Fursatdan foydalanib, joriy yilda suv tanqis bo`lishiga qaramasdan, qo`shimcha suv etkazib berganingiz uchun Tojikiston tomoniga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Mamlakatlarimiz o`rtasida turli sohalarda xususan, ilmiy markazlar o`rtasida tajriba almashish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, navbatdagi ishchi guruh yig`ilishini Toshkentda o`tkazishni taklif qilamiz.

Pandemiya vaqtida bir birimizni qo`llab-quvvatlaganimiz hamkorlikning qay darajada mustahkam ekanini bildiradi. O`zbekiston bu hamkorlikni davom ettirishga tayyor, — O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1