1

Bosh vazir Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Siyosat 29.09.2020, 21:47
Bosh vazir Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Hukumatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning samimiy salomi va tilaklarini etkazdi.

Emomali Rahmon, o`z navbatida, Davlatimiz rahbari nomiga o`zining salomi va ezgu tilaklarini bildirib, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o`rin tutayotganini ta`kidladi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq va suv xo`jaligi hamda boshqa etakchi sohalardagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Xususan, birgina O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, sentyabr oyining o`zida Dushanbe shahrida taniqli olimlar, tadqiqotchilar va etakchi ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. O`zbekiston – Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishchi yig`ilishi o`tkazildi. So`g`d viloyatining Spitamen tumanida O`zbekiston tomonidan 630 o`quvchiga mo`ljallangan umumiy o`rta ta`lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu qator sohalarni qamrab olgan tadbirlar o`zaro aloqalarni mazmunan yanada boyitgani qayd etildi.

Ochiq va samimiy ruhda o`tgan muloqot davomida mamlakatlarimiz hamkorligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1