1

Shavkat Mirziyoev Donald Trampga koronavirusdan tezroq shifo topishini tiladi

Siyosat 03.10.2020, 07:00
Shavkat Mirziyoev Donald Trampga koronavirusdan tezroq shifo topishini tiladi

O`zbekistn Prezidenti Shavkat Mirziyoev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktuyu yo`lladi, deya xabar berdi Prezident Matbuot xizmati.

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti
Donald Jon Tramp
Janobi Oliylariga

Siz va Melaniya Tramp Xonim Oliyalarining koronavirusga chalingani to`g`risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim. 

Sizlarni qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli engib o`tib, shifo topishingizga, farovon hayotingiz hamda mas`uliyatli davlatchilik faoliyatingizni davom ettirishingizga ishonchim komildir. 

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari, ushbu sinovli damlarda Sizga va Melaniya Tramp Xonim Oliyalariga hamda barcha oila a`zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor bo`lishini tilab qolaman. 

Samimiy ehtirom ila,

Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1