AsosiyJAMIYAT

Kontraktga o`tish ballari o`zgardi

Sal avval kirish imtihonlarida 189 ball to`plab kontraktga tushgan abiturientlar natijasi...

'Kontraktga o`tish ballari o`zgardi'ning rasmi

Sal avval kirish imtihonlarida 189 ball to`plab kontraktga tushgan abiturientlar natijasi qayta hisoblanib, ular byudjetga kirgani xabar qilingan edi. 

Ayni paytda DTM saytidagi o`tish ballari sahifasida ham o`zgarish yuz bergan. Bu haqda bloger Xushnudbek yozmoqda.

"Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti misolida oladigan bo`lsak, avval davlat granti uchun o`tish ballari 2 ta fakultetda ko`rsatilmagan, shunchaki chiziqcha qo`yilgan edi. Chunki o`sha yo`nalishlarda kvota doirasida sportchilar imtiyozli qabul qilingandi. Ana endi ular kvotadan tashqariga olib o`tilgandan keyin, davlat granti uchun o`tish bali 189 ball deb belgilangan. Demak, 189 ball olganlarning barchasi grantga qabul qilingan.

Yana bir muhim tomoni, kontrakt uchun ham kirish ballari biroz pastlagan. Ya`ni sportchilar kvotadan tashqariga olib o`tilgani natijasida kontrakt chizig`ining tagida turgan va ozgina bali etmay qolgan abiturientlar mandat chizig`ida yuqoriga ko`tarilib, kontrakt asosida qabul qilingan.

Shuning uchun mandat chizig`i tagida turgan abiturientlar yana bir bor o`z natijalarini qayta tekshirib qo`yishlarini so`ragan bo`lar edim.

Bugun ko`pchilikning uyida qo`chqorlar so`yiladiganga o`xshaydi", - xush kayfiyat bilan izohini yakunlagan bloger.

 

    Boshqa yangiliklar