AsosiySalomatlik

Hid sezish qobiliyati yo`qolishi — koronavirusning asosiy alomati

'Hid sezish qobiliyati yo`qolishi — koronavirusning asosiy alomati'ning rasmi

London Universitet kolleji (UCL) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni aniq ko`rsatdiki, hid sezish yo`qolishi koronavirus infeksiyasining nihoyatda aniq va balki asosiy alomatidir.  

Aprel oyida shifokorlar ta`m yoki hid sezish qobiliyatining yo`qolishi infeksiyalanishdan darak berishi mumkinligini anglab etishgandi, may oyi o`rtalariga kelib esa bu koronavirus alomati ekani rasmiy tan olindi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq, bunday alomat kuzatilgan odamlar darhol o`zini yakkalash tartibiga o`tishi va koronavirusga tahlil topshirishi kerak. Biroq hanuz yo`tal va yuqori isitma asosiy belgi sifatida hisoblab kelingan.

 Yil boshida hid sezish qobiliyatini yo`qotgan 590 kishini tekshirgan UCL mutaxassislarining fikriga ko`ra, endilikda aynan hid sezish qobiliyati yo`qolishini kasallik engil shaklda o`tsa ham, virus yuqtirishning asosiy alomati deb hisoblash zarur.

    Boshqa yangiliklar