Nobel mukofotini topshiruvchi tashkilotning dushanba kuni bergan xabariga ko`ra, ikki nafar amerikalik va bir nafar britaniyalik olimlar “Fiziologiya va tibbiyot” yo`nalishi bo`yicha bu yilgi nobel mukofotini qo`lga kiritishdi. Ular sirroz va jigar rakini keltirib chiqaradigan gepatit C virusini aniqlash bo`yicha olib borgan ishlari uchun mazkur oliy darajadagi mukofotga sazovor bo`lishgan. Bu haqda Tarjumon yozmoqda.
“Bu olimlarning tadqiqotlaridan avval gepatit A va gepatit B viruslarini aniqlash juda muhim ish hisoblanardi. Gepatit C virusining kashf qilinishi esa surunkali gepatit kasalligining boshqa turlarining ham sabablarini oshkor qildi va qondan test olish hamda yangi dorilarning yaratilishiga imkon yaratdi. Bu esa millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldi” deyiladi Shvesiyadagi Nobel Assambleyasi bergan bayonotda.
Olimlarga mazkur ishlari uchun 10 million Shvesiya kronasi (1.1 million AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti topshirilgan.






