2020 yil 6 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 443 (+100) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 76 nafari Toshkent viloyatida, 24 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. E`tiborli jihati, bugun: Toshkent shahrida 254 nafar, Toshkent viloyatida 92 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida ham 10 nafar, Farg`ona viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 56 165 (+414) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2789 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. |
06.10.2020 18:50
Bugun yurtimizda 414 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi






