AsosiyDunyo

Moskvada yangi karantin cheklovlari o`rnatila boshlandi

'Moskvada yangi karantin cheklovlari o`rnatila boshlandi'ning rasmi

Rossiyada so`nggi sutkada 11 615 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 4082 nafari Moskvada aniqlangan. Bu haqda Milliy matbuot markazi xabar bermoqda. 

Moskvada koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyat yomonlashgani sababli cheklovlar kuchaytirilyapti. Shahar meri Sergey Sobyanin poytaxtlik pensionerlar va bolalarning ijtiomiy kartalarining amal qilishini to`xtatishga ko`rsatma berdi.

“Koronavirus bilan bog`liq vaziyat kundan kunga murakkablashib va dramatik tus olyapti. Kasallik aniqlanishi bo`yicha bahordagi yuqori ko`rsatkichlarga yaqinlashyapmiz. Shifoxonaga yotqizilganlar bugun ming nafardan oshib ketdi. O`sish davom etyapti”, degan shahar rahbari.

Bolalar ijtimoiy kartalaridan 9-18 oktyabr oralig`ida foydalana olmaydi. Pensionerlar va surunkali kasalligi bor bemorlar uchun bu cheklov 9-28 oktyabr kunlari amal qiladi. Kartadagi pullar kuyib ketmaydi.

Madaniyat maskanlariga chipta sotuvchi kassalar ham yopiladi. Ularni onlayn sotib olish mumkin bo`ladi. Bu tomosha zallarining to`lishi va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishga yordam beradi deb hisoblanyapti.

    Boshqa yangiliklar