1

Beeline yangi spam holatlari haqida ogohlantiradi

Hi-tech 04.01.2016, 15:52
Beeline yangi spam holatlari haqida ogohlantiradi

Beeline shu kunlarda takrorlanayotgan va aloqa kompaniyalari abonentlariga qaratilgan SMS-spam haqida ogohlantiradi.

Beeline axborot xavfsizligi bo`yicha mutaxassislarining aniqlashlaricha, umumiy spam-hujumning maqsadi uyali moslamaga xavfli dasturni o`rnatish va keyinchalik uni manzil kitobidagi barcha raqamlarga havfli sslka (havolani) tarqatish. Ya`ni, abonent ko`rsatilgan havola bo`yicha o`tsa, uning raqamlar ro`yhati firibgarlarning qo`liga tushadi. Buning natijasida abonentlar shaxsiy ma`lumotlarini, pul mablag`larini yo`qotishi, havfli dasturni uyali moslamasiga yuklab olishi, hamda spam-ro`yhatga raqami tushib qolishi mumkin.

Quyidagi ko`rinishdagi SMS xabar olganingizda, zinhor berilgan havola orqali o`tmasligingizni so`raymiz, shunchaki uni o`z uyali moslamangizgan o`chirib tashlang. Hozirgi paytda ushbu sayt Beeline abonentlari uchun bloklangan. Xavfli dastur mavjud havolaning manzili o`zgarishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1