1

O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefon orqali suhbatlashishdi

Siyosat 07.10.2020, 17:41
O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefon orqali suhbatlashishdi

7 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Davlat rahbarlari ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik rishtalari, ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Koronavirus tarqalishi oqibatlarini tez fursatda engib o`tish maqsadida O`zbekiston va Qozog`iston hukumatlari darajasida yaqindan muvofiqlashuv va faol almashinuvlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash ko`rsatkichlarini oshirishga qaratilgan qo`shma dastur va loyihalarni ilgari surish, tadbirkorlar va hududlarning yangi tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash orqali kooperasiyani kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar tadbirlar o`tkazishga alohida e`tibor berildi.

Mintaqadagi voqealar rivoji yuzasidan ham fikr almashildi. O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari Qirg`izistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitusiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1