Shvesiyadagi Nobel mukofotini topshiruvchi tashkilot 7 oktyabr kuni kimyo bo`yicha 2020 yil g`oliblarini e`lon qildi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Unga ko`ra, olimlar Emmanuelle Charpentier va Jennifer Doudnalar genlarni o`zgartirish metodini yaratganlari uchun bu yilgi Nobel mukofotiga loyiq ko`rildilar.
“Emmanuelle Charpentier va Jenifer Doudnalar genlar bo`yicha eng aniq ishlaydigan texnologiyani kashf qildilar. CRISPR/Cas9 deb atalgan ushbu texnologiya hayot bilan bog`liq bo`lgan fanlarga inqilobiy ta`sir o`tkazdi. Mazkur texnologiya sil kasalligini yangicha terapiya qilish usuliga katta hissa qo`shmoqda va nasliy kasalliklarni davolash bo`yicha orzuni ro`yobga chiqarishi mumkin” deyiladi Shvesiya Qirollik fanlar akademiyasi o`zining bergan bayonotida.
“DNKani inson tanasining xohlagan joyidan aniqlash imkoniyati biologik fanlarda inqilob yasadi” deydi akademiya a`zosi Pernilla Vitting.
Fransuz millatiga mansub bo`lgan Charpentier va amerikalik Doudna tarixda kimyo yo`nalishi bo`yicha Nobel mukofotini qo`lga kiritgan oltinchi va ettinchi ayollarga aylanishdi. Ulardan oldin 1911 yilda Meri Kuri va 2018 yilda Franses Arnoldlar ham kimyo bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`lishgan. Endi ushbu olimalarga 10 million Shvesiya kronasi (1.1 million AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti topshiriladi.






