Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 oktyabrda Armaniston va Ozarbayjondan Tog`li Qorabog`dagi urushni to`xtatishni talab qildi, deya yozdi xorijiy OAVga asoslanib Tarjumon.
Hozirda Tog`li Qorabog`da yuz berayotgan qonli to`qnashuvlar ozarlar va armanlar o`rtasida so`nggi 25 yil ichida yuz bergan eng qirg`inbarot urushga aylandi.
Putin chorshanba kuni davlat televideniyasiga bergan intervyusida Tog`li Qorabog` borasida gapirib, bu urush bo`yicha Armanistonning rahbari Nikol Pashinyan bilan doimiy aloqada bo`lib turganini aytdi. Hozirda Armanistonni Rossiya, Ozarbayjonni esa Turkiya qo`llab-quvvatlamoqda.
Shuningdek, Vladimir Vladimirovich AQShda bo`ladigan prezidentlik saylovida demokratik partiyadan nomzod qilib ko`rsatilgan Jo Baydenning Rossiya haqida aytgan gaplarini anti-Rossiya harakatlari deb atadi. Lekin, Putin Baydenning qurollar nazorati borasidagi so`zlariga qo`shilishini aytib, Rossiya AQShga prezident bo`ladigan har qanday shaxs bilan ish olib bora olishini ta`kidlagan.






