AsosiyDunyo

Rossiyada vaksina necha pul turishi ma`lum bo`ldi

'Rossiyada vaksina necha pul turishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinaning narxi mamlakat ichida eng arzon bo`ladi. Xorijiy davlatlarda uning narxi referes stavka asosida belgilanadi. Bu haqda yuz yozmoqda.

Vaksinaning bitta dozasining narxi 1000 rubldan oshmaydi, deb e`lon qildi Federal monopoliyaga qarshi qo`mita raisi Igor Artemev.

“Biz vaksina arzon bo`lmasligini tushunamiz, chunki hozircha ishlab chiqarish hajmi kichik, o`rtacha ming rubl atrofida”, - dedi Artemev.

Monopoliyaga qarshi qo`mitas rahbarining so`zlariga ko`ra vaksina narxini belgilashda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan vaksinalar narxlari bilan muvofiqlashtiriladi, lekin Rossiyada uning narxi 1000 rubldan ortiq bo`lmaydi.

Eslatib o`tamiz, koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan dunyoda birinchi vaksina Rossiyada 11 avgust kuni ro`yxatdan o`tkazilgan edi. Gamaleya nomidagi Markaz tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina “Sputnik V” 2021 yilning 1 yanvaridan savdoga chiqrilishi kutilmoqda.

Undan tashqari Rossiyada hozir “Vektor” virusologiya va biotexnologiyalar markazi tomonidan ham ishlab chiqarilayotgan vaksinaning 2 bosqich sinovlari yakuniga etay deb qolgan. Uni ishlab chiqarish noyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar