Koronavirusga qarshi kurash bo`yicha Shtab a`zosi Barno Odilova bu savolga quyidagicha javob berdi:
➖ Odam organizmida rux, ya`ni sink moddasi tanqis bo`lsa, avvalo sezish qobiliyatlari — ko`rish, hidlash, ta`m bilish izdan chiqadi. Bu esa o`z navbatida ishtaha yo`qolishiga, ovqat hazm qilishning buzilishiga, shapko`rlik kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Tushkun kayfiyat, charchoq, hayotga bo`lgan qiziqishning so`nishi — rux etishmasligining asosiy belgilaridir. Soch to`kilishi, tirnoqlarda oq dog`lar paydo bo`lishi, dermatit va yaralarning sekin bitishi, suyaklarning mo`rt bo`lib, revmatizm va artrit kasalliklari kelib chiqishi ham rux etishmasligi tufayli kelib chiqadi.
Kasallikning oldini olish uchun tarkibida rux elementi ko`p bo`lgan tabiiy meva-sabzavotlar, ko`katlar, ziravorlar, dukkakli don mahsulotlari hamda ulardan tayyorlangan milliy taomlarni iste`mol qilishga odatlanish kerak.
Uzum va tut shinnisi, o`rik va achchiq bodom danagi, qora mayiz, turshak, yong`oq, kepakli non, sumalak, kartoshka, pomidor, no`xat, sut va go`sht mahsulotlari hamda tuxum sarig`ining tarkibida rux moddasi ko`p.






