1

Kinosaroydagi retro avtomobillar hukumat tomonidan taqdim etilgan - «O`zbekkino»

Madaniyat 08.10.2020, 17:09
Kinosaroydagi retro avtomobillar hukumat tomonidan taqdim etilgan   - «O`zbekkino»

Telegram ijtimoiy tarmog`idagi Platformauz kanalida «O`zbekkino» MA tomonidan qayta ta`mirlangan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy haqida maqola e`lon qilindi. Unda kinosaroy avtosalonga aylanib qolingani aytilgan.

«O`zbekkino» MA Axborot xizmati ushbu maqola yuzasidan munosabat bildirdi. 

Unda aytilishicha, kinosaroyda kino atmosferasi va ruhiyatini to`liq ochib berish uchun kinoteatrga ko`plab o`zgartirishlar kiritilgan. Retro avtomobillar orqasidagi o`zbek klassikasi, kino industriyasi haqida ma`lumot beradigan fotoekspozisiyalar mavjud. Ushbu retro avtomobillardan ayrimlari filmlarda foydalanilgan. Retro avtomobillar hukumat tomonidan taqdim etilgan.  

1 va 2 qavatda o`zbek kinosining durdona asarlari haqida ma`lumot beruvchi burchaklar tashkil etilgan. Shuningdek, "qizil yo`lak" ham ushbu kinoteatrga o`ziga xos ruhiyatni bermoqda. Yana 2020 yilda taqdim etilishi kutilgan filmlarning posterlari joylashtirilgan.

«O`zbekkino» MA Axborot xizmati Platformauz kanalining moderatorlarini o`zgarishlarga shaxsan guvoh bo`lishi uchun kinosaroyga tashrif buyurib, «Ibrat» filmini tomosha qilishga taklif qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1