AsosiyJAMIYAT

Toshkentda er xotiniga farzandining axlatini edirdi (video+18)

Bugun telegram ijtimoiy tarmoqning ko`plab kanallarida Mirzo-Ulug`bek tumani, "Oqqo`rg`on"...

'Toshkentda er xotiniga farzandining axlatini edirdi (video+18)'ning rasmi

Bugun telegram ijtimoiy tarmoqning ko`plab kanallarida Mirzo-Ulug`bek tumani, "Oqqo`rg`on" mahallasida er xotinini masxara qilgani, unga tan jarohati etkazganligi va axlatni iste`mol qilishga majbur qilganligi to`g`risida ma`lumotlar e`lon qilindi.


Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tezkor xabar taqdim etdi.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu video 1 oktyabrdan 2 oktyabrga o`tar kechasi suratga olingan. Shu kechaning o`zida 102 ga ayol eri 46 yoshli Rustam I. tomonidan kaltaklangani va unga nisbatan zo`ravonlik qilinganligi to`g`risida xabar kelib tushdi. Ayolga etkazilgan jarohatlarning og`irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Ushbu fakt asosida Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi ("Qiynash") bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Rustam I. hibsga olingan. Tergov davom etmoqda.
7 oktyabr kuni jabrlanuvchiga himoya orderi topshirildi. Hozirda ayol va uning voyaga etmagan bolalari Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtincha joylashtirildi, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar