1

Oliy ma`lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo`yildi

Siyosat 08.10.2020, 21:03
Oliy ma`lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo`yildi

Bugun Prezident raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida Kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmasligi qayd etildi.

Misol uchun, unda 2 ming 484 ta, ya`ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo`yicha oliy ma`lumot talab etiladi. Xususan, ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb dizayner kabi ixtisosliklarga oliy malaka talabi qo`yilgan. Ushbu kasblarni IT-markazlarda yarim yilda yaxshi o`rganish mumkin.

Kutubxonachi, tarjimon, bank agenti, reklama mutaxassisi kabi ko`plab vazifalarga ham oliy ma`lumot talabi qo`yilgan. Mehnat bozorida bunday kasblar bo`yicha 4 mingga yaqin vakansiya mavjud.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma`lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1