Kanadadagi kelib chiqishi hindistonlik bo`lgan shifokor o`z bemorlariga Qur`onni tinglashga ruxsat berib, davolaydi, deya xabar bermoqda The Siasat Daily. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati yozmoqda.
Doktor Jagdish Anand Roy Kanadada eng yaxshi oftalmologlardan biridir. U bir necha yil avval asos solgan o`z klinikasining rahbari.
Qizig`i shundaki, hinduizm ixlosmandi doktor Jagdish musulmon emasligiga qaramay, uning klinikasida doimiy ravishda Muqaddas Qur`on translyasiyasi yoqilib turadi. U asosan "Yosin"va "ar-Rahmon"suralarini tinglaydi.
"Islomosfera" veb-saytiga ko`ra, bu an`ana haqida gapirganda, doktor Jagdish Qur`on butun insoniyat uchun mo`ljallangan, deydi. Qur`on o`qishning foydalari haqida gapirar ekan, klinika muhitini yanada tinchlantirib, bemorlarning tuzalishiga hissa qo`shishini aytadi. Dr. Jagdish tadqiqotgia ko`ra, "Ar-Rahmon" surasini besh marta tinglash ba`zi ko`z kasalliklarini davolaydi.
Unga ko`ra, klinika tashkil etilganidan buyon bu erda Qur`oni Karim tilovati tinmay qo`yiladi. U va uning bemorlari Qur`on tinglash orqali ma`naviy tinch-xotirjamlikka erishadilar. Ba`zi bemorlar undan nima uchun klinikada Qur`on tilovati efirga uzatilishini so`rashadi. Ular u o`zining diniga bizni chorlamoqchi, degan xayolga borishadi.
Islom tinchlik dini ekanligini eslatib, Jagdish Anand Roy Islom haqidagi noto`g`ri g`oyalardan qutulish lozimligini ta`kidlaydi. Dr. Jagdish har bir dinni hurmat qiladi va kichik farqlarga qaramay, ularning barchasi bir xil nomani o`z ichiga oladi, deydi.






