Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagilarni ma`lum qildi:
"➖ Aslida ikki tomonlama pnevmoniya kelib chiqishida virus, bakteriyalar yoki zamburug`lar sababchi bo`ladi. Virus, bakteriya yoki zamburug`lar keltirib chiqaradigan ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi shu keltirib chiqaruvchi infeksiya yuqish yo`llariga qarab yuqumli hisoblanadi.
Bugungi kunda virus kasalliklari dolzarb bo`lib qolgani bois, biz havo tomchi orqali yuquvchi kasalliklardan ko`proq xavotirlanishni boshladik.
Aslida bakteriyalar, zamburug`lar va oddiy hujayrali parazitlar ham o`z o`rnida yuqumli hisoblanadi. Ularning yuqish yo`li havo tomchi orqali bo`lmasligi mumkin, lekin organizmga tushgan bunday infeksiya turlari pnevmoniya kabi o`tkir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Yoki parazitlar inson organizmi immun tizimi pasayishini kutib yotadi. Immun tizimi pasaysa, bu infeksiya joylashgan a`zosini jarohatlab kasallik chaqiradi.
Shu bois, biz doimiy ravishda infeksiyalardan o`zimizni himoya qilishimiz, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishimiz, sog`lom turmush tarzini yuritgan holda to`g`ri va muqobil ovqatlanishimiz, engil jismoniy faollikni doim bajarib yurishimiz zarur", dedi S.Ubaydullaeva.






