Koronavirus keltirib chiqaradigan pnevmoniya avval ma`lum bo`lgan atipik pnevmoniyadan nimasi bilan farqlanadi?
Ushbu savolga bugun AOKA zalida o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi.
➖ Atipik pnevmoniya 2013 yilda kuzatilgan bo`lib, bu kasallikning qo`zg`atuvchisi MERS virusi bo`lgan. Ushbu kasallik o`sha yillarda nazoratga olingan.
Atipik pnevmoniyadan koronavirus infeksiyasi keltirib chiqaradigan pnevmoniyaning farqi shundaki, ikkinchi holatda pnevmoniya juda tez rivojlanadi va unda immunstress holat kuzatiladi.
Shuningdek, koronavirus immun tizimga ta`sir ko`rsatadi va sitokinlar «bo`roni» yuzaga keladi. Bu esa o`z navbatida fibrotik o`zgarishlar bilan pnevmoniyani rivojlantirib yuboradi.
Koronavirus pnevmoniyasida yo`tal quruq bo`ladi. Virusli pnevmoniyani tashxislashning eng optimal usuli — MSKT tekshiruvi hisoblanadi.






