1

Senatorlar Surxondaryo viloyatida mahalliy Kengashlar sessiyalarida ishtirok etdi

Siyosat 10.10.2020, 16:07
Senatorlar Surxondaryo viloyatida mahalliy Kengashlar sessiyalarida ishtirok etdi

Kuni kecha xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarning turmush darajasini oshirish, aholining bugungi kundan rozi bo`lib yashashini ta`minlash masalalari muhokama qilindi.

Sessiyada Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi O.Iminov, senator B.Bo`taeva, qolaversa, Qonunchilik palatasi deputati H.Xo`jamqulov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari G`.Bozorov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta`kidlanganidek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Tumanda viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2,5 foizni tashkil etgan. 46 mlrd. 363 mln. so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bundan uch yil muqaddam tumanda 396 kichik biznes sub`ekti faoliyat yuritgan bo`lsa, o`tgan yil yakunida ularning soni 866 tani tashkil etgan. 141 ming 400 kishi istiqomat qiladigan hududda kichik biznesning to`laqonli rivojlanmagani sababli mehnatga layoqatli aholining 5 ming 700 nafari ishsiz fuqaro sifatida ro`yxatga olingan.

Sessiyada sektor rahbarlari yo`l qo`yilgan kamchiliklar yuzasidan aholiga murojaat etib, ularni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar bo`yicha “yo`l xaritasi” haqida atroflicha ma`lumot berdi.

Tumanni shu yil yakunigacha “qizil” hududdan “sariq” hududga, kelgusi yil birinchi yarmida “yashil” hududga o`tkazish vazifasi belgilab olindi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o`tkazildi. Unda jurnalist va blogerlarning savollariga batafsil javob qaytarildi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi O.Iminov xalq deputatlari Qumqo`rg`on tumani Kengashi sessiyasida ishtirok etdi va ma`ruza qildi.

Sessiyada 4 ta sektor rahbarlari aholiga murojaat qilib, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha “yo`l xaritasi”ni taqdim etdi.

Tumanda o`tgan yili iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko`rsatkichlari bo`yicha xizmatlar hajmi 263,6 mlrd. so`mni tashkil etib, aholi jon boshiga 1 mln. 142 ming so`mga to`g`ri kelgan. Qolaversa, hududda 2019 yil eksport hajmi 6 mln. 902 ming dollarni tashkil etib, aholi jon boshiga atigi 30 dollarga to`g`ri kelgan. Bu viloyat eksport hajmi ulushining uch foiziga tengdir. Belgilab olingan “yo`l xaritasi”ga ko`ra, bajariladigan ishlar evaziga 12 mln. 400 ming dollar miqdoridagi mahsulot eksport qilinadi va bu ko`rsatkich aholi jon boshiga 54 dollarga etkaziladi.

Sessiyalarda ko`rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1