Har qanday kasallikka qarshi kurashuvchi tabiat in`omlari mavjud.
Aynan inson tanasining harorati ko`tarilganda quyidagi meva va sabzavotlar yordamga keladi:
Ta`kidlanishicha, rezavor mevalar - o`rmon mevalari bo`lmish ertut, malina, brusnika va qorag`at bu borada eng muhim vosita hisoblanadi.
Mevalar, ayniqsa, sitrusli — limon va apelsin. Bu mevalar C vitaminiga boy bo`lgani uchun ham shamollash davrida ko`proq eyish tavsiya qilinadi.
Bundan tashqari olma, nok va olxo`ri ham juda foydali mevalar hisoblanadi.
Sabzavotlar. Sabzi va karam sharbati, boshpiyoz va sarimsoq nastoykasi haroratni tushirishda katta yordam beradi.
Dorivor o`tlar. Malina va smorodina barglari, chakanda (oblepixa) butog`i va barglari, moychechak va lipa gullari ham haroratni tushirishda yordam beradi.
Asal — terlatuvchi, immunitetni mustahkamlovchi va antibakterial xususiyatga ega bo`lgani uchun ham haroratni tushirishda samara beradi.