AsosiyDunyo

Italiyada yakshanba kunlari non sotish taqiqlandi

'Italiyada yakshanba kunlari non sotish taqiqlandi'ning rasmi

Italiyada yakshanba kunlari non mahsulotlari tayyorlash taqiqlandi. Sisiliyada non ishlab chiqarish korxonalariga oyning birinchi va uchinchi yakshanbalarida ishlash taqiqlandi, deya “EvroPuls”ga tayanib Zamon xabar berdi.

 Non mahsulotlarini haftaning istalgan kunida sotib olish mumkin, ammo yakshanba kunlari non mahsulotlari tayyorlash mumkin emas. Ushbu qoidani buzganlarga 400 evro jarima solinadi.

Hukumat bu qarorni non ishlab chiqaruvchilar tashabbusi bilan qabul qildi. Ma`lum bo`lishicha, Sisiliyada yakshanba kunlari non mahsulotlariga bo`lgan talab yuqori emas, ko`plab nonlar sotilmay qolib ketadi. 

Taqiq vaqtinchalik bo`lib, u kelasi yil yozigacha, Sisiliyaga sayyohlar kela boshlagunga qadar amal qiladi. Lekin agarda ular ham yakshanba kunlari ko`p non sotib olishmasa, yakshanba novvoylar uchun doimiy dam olish kuniga aylanadi.

Italiyada shuningdek, yakshanba kunlari aksariyat do`konlarning ham ishlashini taqiqlash masalasi muhokama qilinmoqda. Bu chorani xristian faollari, kasaba uyushmalari va xususiy do`konlar egalari yoqlayotgan bo`lsa, yirik savdo tarmoqlari egalari qarshi chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar