1

Apple xodimlari daromadlari bo`yicha kompaniya rahbari Tim Kukni ortda qoldirdi

Hi-tech 07.01.2016, 12:01
Apple  xodimlari daromadlari bo`yicha kompaniya rahbari Tim Kukni ortda qoldirdi

Apple kompaniyasi rahbari Tim Kukning daromadi 2015 moliyaviy yilda 11,5 foizga o`sib, 10,3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Uning oylik maoshi 14,4 foizga oshib, 2 million dollarga etdi. Daromadning qolgan qismini top-menedjerlar uchun bonuslar va boshqa moddiy yordam pullari tashkil etganligi aytilmoqda. Kompaniya rahbarlari orasida Kukdan ham ko`proq daromad olganlar ham bor. Jumladan, kompaniyaning moliyaviy direktori Luk Maestri o`tgan yilda 25,3 million dollar daromad olgan. chakana va onlayn savdo ishlari bo`yicha vise-prezident Anjela Arends eng ko`p daromad olgan Apple xodimi bo`ldi.

2015 yilning 26 sentyabr holatiga ko`ra, Tim Kukning Apple`dagi ulushi 3,1 million aksiyani tashkil etdi.

Apple Inc. – Amerikaning kompyuter, kompyuter qurilmalari va mobil aloqa vositalari ishlab chiqish va sotish bilan shug`ullanuvchi korporasiya.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1