Freedom House internet erkinligiga oid an`anaviy yillik hisobotini e`lon qildi. Unda O`zbekiston 100 balldan 27 ball to`plab, 65 davlat ichidan 57-o`rinda qayd etilgan. Tadqiqotchilar internetdagi erkinlikka tahdidlarni 9 xil toifaga bo`lishgan. 2019-yil iyunidan 2020 yil mayigacha ushbu 9 xil toifa insidentlarning barchasi kuzatilgan davlatlar 2ta: Xitoy va O`zbekiston. Hisobotda qamrab olingan 65 ta davlatda dunyodagi internet foydalanuvchilarining 87 foizi yashaydi. Reytingni 95 ball bilan Islandiya boshqarib turibdi. So`nggi o`rinda – 6 yildan beri Xitoy (10 ball). | |
17.10.2020 15:59
Freedom House internet erkinligi reytingini e`lon qildi. O`zbekiston nechinchi o`rinda?
