AsosiyJamiyat

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi

'Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi'ning rasmi

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi.Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi.

“2020-2021 yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Hukumat qarori (648-son, 15.10.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2020-2021 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg`arishning umumiy prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 4 ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xo`jaligi mahsulotlarining respublika bo`yicha jami zaxira hajmi 795 ming tonna etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni arzon narxlarda zaxiraga jamg`arish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o`rtasida istisno tariqasida to`g`ridan-to`g`ri kontraktasiya shartnomalari tuziladi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvarga qadar zaxiraga jamg`arilgan mahsulotlarni ichki iste`mol bozoriga etkazib berish jadvallari ishlab chiqiladi.

Mahsulotlarni zaxiraga jamg`arishda tadbirkorlarning zarar ko`rishini va narxlar oshib ketishini oldini olish maqsadida quyidagilar joriy etiladi:

asosiy turdagi mahsulotlarni tashishda yo`l-transport hodisasi yoki elektr uzilishi sababli mahsulot nobud bo`lishi oqibatidagi zararni sug`urta qilish orqali ushbu zarar qoplanadi;

 zaxiraga jamg`arilgan mahsulotlarni aholiga sotish uchun bozor va savdo komplekslarida, istisno tariqasida, beg`araz asosda alohida rasta va sotuv anjomlari vaqtincha foydalanish uchun ajratiladi, ushbu korxonalarga tegishli yuk mashinalari bozor avtoturargohiga kirib chiqishi uchun to`lov undirilmaydi.

 

Boshqa yangiliklar