AsosiyJamiyat

"Tekin narsa yo`q va bo`lmaydi." Tibbiyot qo`lqopining yo`lovchilarga tekinga tarqtilishi ham tanqidga uchradi

'"Tekin narsa yo`q va bo`lmaydi." Tibbiyot qo`lqopining yo`lovchilarga tekinga tarqtilishi ham tanqidga uchradi'ning rasmi

Transport vazirligi tomonidan 19 oktyabrdan boshlab poytaxt jamoat transporti (avtobus, metro, yo`nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo`lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo`lqopda bo`lishi qat`iyan talab etilishi ma`lum qilingan edi.

Transport vazirligi ushbu tartibni  bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo`lovchilar salomatligini asrash maqsadida tashkil etilganligi bilan izohladi.  

Ushbu tartib ko`pchilik tomonidan tanqidiy muhokamalarga sabab bo`lgan edi.  Xususan, jurnalist Olimjon O`sarov bunga o`z munosabatini bildirar ekan, kechagi qaror pandemiya va karantin sabab iqtisodiy ahvoli battar qiyinlashib qolgan ahvolining yuziga tushirilgan zo`r tarsaki bo`ldi, deya ta`rif bergan edi. 

Shundan so`ng O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati tomonidan jamoat transporti yo`lovchilariga qo`lqoplar bepul taqdim etilishi haqida xabar berildi.  

Tibbiyot qo`lqopining yo`lovchilarga tekinga tarqatilishi ham ko`plab blogerlarni havotiriga sabab bo`lmoqda. 

Xususan, Deputatlar_minbari da chiqish qilgan Otabek Bakirov o`z munosabatida tekin narsa yo`q va bo`lmaydi, degan qat`iy fikr aytgan.

" - Kuniga 300-350 ming, oyiga 10 million qo`lqop kerak bo`ladi, donasi 2 mingdan, jami qiymati 20 milliard so`m.  Metro zarar ko`rib ishlovchi tuzilma, umuman butun shahar transport tizimi ham. Subsidiyada o`tiradi. O`sha subsidiyaga yana 20 mlrd.so`m qo`shiladi.

Uyoqda esa  benefisiari Fustonxo`jaev Falonxo`ja aka bo`lgan firmadan falon milliardga davlat xaridi amalga oshiriladi.

Mana bu profit va mana shu Transport vazirligi ahmoqona qarorining qiymati.

Savol esa bitta: O`g`irlikni qachon to`xtatasizlar? deydi bloger.

 

Bahodir Ahmedov, bu masalada xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerakligini aytadi.

" - Bepul berildi degani tekinga keldi deganimas. Bizning o`ng cho`ntagimizdan olinmay, chap cho`ntagimizdan olingandek gap. Nega deganda baribir bu pullar yo byudjetdan olinadi (1) yoki yo`l kira narxi ko`tariladi (2).  

Fuqarolardan to`g`ridan-to`g`ri olingandan byudjetdan imi-jimida olish qulayroq menimcha. Qisqasi qaysidir kattakon katta miqdorda qo`lqop ishlab chiqarib qo`ygan yoki olib kelgan, shekilli. Tez o`tkazib yuboringlar deb buyruq kelgan bo`lsa kerak)

Bepul berilgan bilan muammo hal bo`lmaydi. Umuman bu tartibni kuchga kirmay bekor qilish kerak. Kulguga qolmanglar bunaqa! Byudjetdan pul olib yoki yo`l kirani ko`tarib odamlarga tarqatish bepul deganimas. Aldamanglar! Osonlikcha ishonadigan ahmoq yo`q. Bironta tadbirkorga "gruz" qo`yilmadimikin, ishqilib (3).  

 

Zafarbek Solijonov bu holatda yo`l haqi oshishiga urinish bo`lishidan  havotirlangan. 

" - Endi maskani taqinglar. Jamoat transportiga tushganingizda o`zlarining qarori va bayonotini asos qilib, ulardan bepul qo`lqop talab qilinglar. Adashmasam birgina metropoliten xizmatidan bir kunda 300 mingdan ortiq fuqaro foydalanadi. Bepullik umrini ko`ramiz.

Shu erda fuqarolar bir narsaga diqqat qilishlarini so`rab qolardim. Bu juda qiyin lekin harakat qilib ko`rishsa kerak. Endi yo`l haqi oshishiga urinish bo`lishi mumkin. Lekin hozircha oshmadi. Agar oshadigan bo`lsa, transportdan foydalanadigan o`rta va quyi qatlam bunga jiddiy qarshilik qilishi kerak.

Chunki pandemiya davrida asosiy jabr ko`rganlar va qiyinchilikka uchraganlar shu qatlam vakillari bo`ladi. Bu yuk ham ularning elkasiga tushishi mumkin. Oylik, daromadlar oshmagani bunga yaxshigina asos bo`ladi.

P.S. Yoki byudjetdan vazirlikka subsidiya yoki biror balo ajratishi, vazirlik esa qaysidir qo`lqopchi akaxonga bularni berishi mumkin. Qarab turinglar)", deydi bloger.

 

    Boshqa yangiliklar