1

Chin etim bolalarni uy-joy bilan ta`minlash uchun byudjetdan 30 milliard so`m ajratiladi

Siyosat 19.10.2020, 20:44
Chin etim bolalarni uy-joy bilan ta`minlash uchun byudjetdan 30 milliard so`m ajratiladi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yilga mo`ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Kambag`allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. Kelgusi yil 1 yanvardan yagona ijtimoiy reestrni barcha hududlarda ishga tushirib, ijtimomiy nafaqalar ajratish tizimini to`liq avtomatlashtirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trillion so`mdan ortiq subsidiyalar berilishi mo`ljallanmoqda. Bundan tashqari, Bandlikka ko`maklashish jamg`armasi hamda Jamoat ishlari jamg`armasiga 250 milliard so`mdan mablag` yo`naltirish rejalashtirilgan.

Yangi ish o`rinlari ochish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish hisobiga kam ta`minlanganlar sonini qisqartirish zarurligi ta`kidlandi.

Yana bir muhim jihat – kelgusi yili chin etim bolalarni uy-joy bilan ta`minlash uchun byudjetdan birinchi marotaba 30 milliard so`m ajratilishi belgilangan. Mutasaddilarga bu borada yangi tartib va ro`yxatlar ishlab chiqish topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1