Sal avval jurnalist Alisher Ro`zioxunov 22 dan 23 oktyabrga o`tar kechasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kaltaklanganligi xaqida xabar qilingan edi.
Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi:
"Mazkur ma`lumot o`rganib chiqilib, voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda fuqaro A.Ro`zioxunovning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Shu o`rinda barcha fuqarolarimizdan, bloger va jurnalistlardan, o`z mavqeini ro`kach qilib ichki ishlar organlari xodimlarining ishlariga xalaqit bermasliklarini, ijtimoiy tarmoqlarda o`zi bilan sodir bo`lgan voqealarni buzib talqin etib ommaga nomoyish qilmasliklarini so`raymiz",- deyiladi IIBB Axborot xizmati xabarida.






