Tramp xavfli deya taqiqlamoqchi bo`layotgan TikTok dunyo bo`ylab ommalashib ketmoqda

Hi-tech 28.10.2020, 18:17
Tramp xavfli deya taqiqlamoqchi bo`layotgan TikTok dunyo bo`ylab ommalashib ketmoqda

Kichik hajmli videolar dasturi hisoblanuvchi TikTok kelayotgan uch yil ichida yana 3000 nafar xodimni ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari Reutersga bergan intervyularida ma`lum qilishdi.

So`nggi paytlarda TikTokning kelajagi borasida xavotirlar tug`ilmoqda edi. AQSh prezidenti Donald Tramp TikTokdagi odamlarning shaxsiy ma`lumotlariga xavf bo`lishi mumkinligi uchun uni mamlakat hududida taqiqlamoqchi ham bo`ldi. Lekin, yangi xodimlarni qabul qilish haqidagi qaror kompaniya o`zining atrofidagi mish-mishlarga qaramasdan ish faoliyatini kengaytirish rejalaridan voz kechmaganini ko`rsatmoqda.

“Biz dunyoda tezkorlik bilan o`sishimiz uchun o`zimizdagi muhandislar jamosini kengayitirshni maqsad qilyapmiz. Jumladan, kelayotgan uch yil mobaynida Kanada, Evropa, Singapur va AQShda yana 3000 nafar muhandisni yollamoqchimiz” deydi TikTokning matbuot kotibi.

Shuningdek, uning qo`shimcha qilishicha, Qo`shma Shtatlar kompaniyaning muhandislik markazlaridan biri bo`lib qoladi va bu mamlakatdan ko`proq xodimlar jalb qilinadi. Ayni paytda TikTokning Xitoy tashqarisida 1000 ga yaqin muhandisi bor bo`lib, ularning yarmi AQShning Kaliforniya shtatida faoliyat olib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1