1

Qonni suyultirishning organizm uchun foyda va zarari ma`lum qilindi

Salomatlik 29.10.2020, 12:15
Qonni suyultirishning organizm uchun foyda va zarari ma`lum qilindi

Qonni suyultirish organizm uchun foydalimi? Mazkur savolga «Oydin hayot LIVE» teledasturida shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboeva javob berdi.

— Hozirgi kunda koronavirus kasalligida qon quyuqlashishi holatlari kuzatilmoqda. Bemorlar qonni suyultiradigan turli xil preparatlar qabul qilishga harakat qilishmoqda.

Aslida, qon quyuqlashganda, uni suyultirishga emas, qonni normal funksional holatiga qaytarish kerak.

Qon suyuqlashib ketsa, uning ivuvchanligi pasayadi, natijada travma bo`lganda, ko`p qon yo`qotilishi mumkin.  

Qon quyuqlashishi infarkt, insultga olib kelsa, suyuqlashishi esa jarohatlarda qonning to`xtamay oqishiga olib keladi, deya izohladi mutaxassis.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1