Koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan har 100 bemorning bittasi keyinchalik insultni boshdan kechirmoqda. Bu haqda Kembrij universiteti olimlari ma`lum qildi.
Tegishli tadqiqot natijalari International Journal of Stroke jurnalida e`lon qilingan. Shuningdek, koronavirusni boshdan kechirgan bemorlarda insult chalinmaganlarga qaraganda olti yil oldin kuzatilganligi va COVID-19 bilan kasallanganlarda o`lim nisbati ikki baravar ko`payganligi qayd etilgan.
Olimlar 100 mingdan ortiq odamlarning ma`lumotlarini tahlil qilib, ularning 1,4 foizida insult borligini aniqladilar.