Davlat statistika qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga, Internet tarmog`iga ulangan abonentlar soni 16,4 milliontani tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 23,0 % ga yoki 3,1 milliontaga o`sgan. Shudan, aholi orasida 15,8 mln. abonent mavjud bo`lib, bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 22,3 % ga yoki 2,9 milliontaga ko`p.
Hududlar orasida Internet tarmog`iga ulanganlar soni:
- Eng ko`p abonentlar soni Toshkent shahrida - 3 550,6 ming;
- Eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida - 441,4 ming.