Hamyurtimiz Eldor Shomurodov jarohat sabab Italiya A Seriyasi 6-tur doirasidagi "Sampdoriya" - "Jenoa" o`yinida maydonga tushmaydi.
Hamyurtimizning qachon safga qaytishi ma`lum emas.
Bundan tashqari "Jenoa"da ijara asosida o`ynayotgan Davide Zappakosta ham jarohati sabab Genuya derbisini o`tkazib yuboradi.
Eslatib o`tamiz, Genuya derbisi 1 noyarb kuni bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Shomurodov bunga qadar Italiya A Seriyasi doirasidagi "Verona" va "Inter"ga qarshi o`yinlarda maydonga tushgandi.