Bektemir Meliqo`ziev yana bir chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. U vazn o`lchash marosimida ishtirok etdi.
Professional boksning super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan Bektemir Meliqo`ziev (5-0, 4 KO) 30 oktyabr (Toshkent vaqti bilan 31 oktyabr) kuni Alan Kampaga (17-5, 11 KO) qarshi ringga ko`tariladi. Mazkur jang WBO Inter-Continental chempionlik kamari uchun kechadi. Jang g`olibi WBO yo`nalishiida top-reytingidan o`rin oladi. Ma`lumot uchun, Bektemir Meliqo`ziev shu kungacha WBA Continental chempionlik kamari sohibi sanaladi.
Kecha Toshkent vaqti bilan tongda jang ishtirokchilari vazn o`lchash marosimida ishtirok etishdi. Meliqo`ziev roppa-rosa 76,2 kg (168 fut) tosh bosgan bo`lsa, raqib 75,5 kg (166,5 fut) vaznda qayd qilindi.
Eslatib o`tamiz, jang Kaliforniya shtatining INdio shahrida Fantasy Springs Casino arenasida bo`lib o`tadi. Jangning to`liq videosi kanalda e`lon qilinadi.