1

Bu yilgi eng kuchli chavandozlar aniqlandi

Sport 01.11.2020, 14:09
Bu yilgi eng kuchli chavandozlar aniqlandi

Poytaxtimizda ot sporti bo`yicha “Global Tour-2020” mavsumining so`nggi 12-bosqichi o`z yakuniga etdi. Bu haqda olympic.uz xabar berdi.

Aynan ushbu bosqichdan so`ng bu yilgi eng kuchli chavandozlarimiz aniqlab olindi. Musobaqa yakuniga ko`ra, ko`plab xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etayotgan vakilimiz Behzod Qurbonov mavsumning mutlaq chempionligini qo`lga kiritdi. Shuningdek, Mirrauf Odilov va Nurjan Tuyakbaev kuchli uchlikni to`ldirib berishdi.

12-bosqich yakunlari:
A kategoriya (150 sm):
1- Nurjan Tuyakbaev – (“Kamitta”, ot laqabi)
2- Saydamir Turg`unboev -Kalleko
3- G`ayrat Nazarov – Losinos Boy

V kategoriya (135 sm):
1- Mirrauf Odilov – Lanselota
2- Mirzohid Musaev – Floyd
3- Saydamir Turg`unboev – KornetB BS

D kategoriya (135 sm):
1- Nurjan Tuyakbaev – Kalimero
2- Umid Kamilov – Roksi Badja
3- Oqil Sobirjonov – Kechmeker

“UZBEKISTAN GLOBAL TOUR-2020″ yakuniy klassifikasiyasi:
– Behzod Qurbonov (A)
– Mirrauf Odilov (V)
– Nurjan Tuyakbaev (D)

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1