Olbay viloyatida 10 nafar odam halok bo`lgan. Ularning orasida besh yoshli bola ham borligi ta`kidlanmoqda. Bundan tashqari, Katanduanes provinsiyasida tabiiy ofat natijasida yana olti kishi halok bo`lgan. Tayfun natijasida Ginobatan munisipalitetida 3 kishi yo`qolgan.Bu haqda «TASS» xabar qildi.
Mamlakat Milliy kengashi ma`lumotlariga ko`ra, tayfun 372 mingdan ortiq oila yoki 2 million kishiga zarar etkazgan. Hukumat qariyb 390 ming kishini yashash joylaridan evakuasiya qilgan. Etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ta`kidlanishicha, qariyb 8,5 mingta uy elektr ta`minotidan mahrum bo`lgan. Mintaqadagi ko`plab yo`llar yaroqsiz holga kelishi natijasida favqulodda xizmatlarning zarar ko`rgan hududlarga etib borishi qiyinlashgan.