AsosiySport

Andijon shahrida respublika bo`yicha chim ustida xokkey musobaqasi o`tkazildi

'Andijon shahrida respublika bo`yicha chim ustida xokkey musobaqasi o`tkazildi'ning rasmi

Andijon shahrida 1—6 noyabr kunlari respublika bo`yicha chim ustida xokkey musobaqasi o`tkazildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, 1—6 noyabr kunlar Andijon shahrida joylashgan sportning o`yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabining «Barkamol avlod» majmuasida chim ustida xokkey bo`yicha 14 yosh va undan kichik o`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazildi.

O`tkazilgan musobaqa natijalariga ko`ra o`smirlar o`rtasidagi bahslarda bosh sovrinni farg`onalik sportchilar qo`lga kiritgan bo`lsa, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni Andijon viloyati qo`lga kiritdi. Qizlar o`rtasidagi bahslarda ham bosh sovrinini farg`onalik sportchilar qo`lga kiritgan. Andijonlik sportchilar esa ikkinchi, namanganlik sportchilar esa uchinchi o`rinni qo`lga kiritgan.

Boshqa yangiliklar