Poytaxtdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tennis bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida O`zbekiston kubogi bahslari boshlandi. Bu haqda olympic.uz xabar berdi.
Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 15 jamoa 4 guruhga bo`lingan holda musobaqalashishmoqda. Nizomga ko`ra, erkaklar va ayollar yakkalik bahslari hamda mikst uchrashuvlari yordamida g`oliblar nomi aniqlanadi. Guruhda 1-o`rinni qo`lga kiritgan jamoalar yarim final va final bahslarida kubok uchun kortga chiqishadi.

Dastlabki bellashuvlarda sirdaryolik raketka ustalari buxoroliklarga imkoniyatni boy bergan. Xorazm viloyati jamoasi Qashqadaryo tennischilarini mag`lub etishdi. Navoiyliklar farg`onaliklar to`sig`idan o`ta olishmagan bo`lsa, Surxondaryo viloyati vakillari Toshkent viloyati tennischilari ustidan zafar quchishgan. Toshkent-2 jamoasi namanganliklarni, Andijon viloyati tennischilari Samarqand vakillarini, qoraqalpog`istonliklar jizzaxlik raqiblarini dog`da qoldirishgan.


G`oliblar 15 noyabr kuni ma`lum bo`ladi.