"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi Prezident qarorida qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tuz, qand va yog` miqdori inson sog`lig`i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alash ikki bosqichda joriy etiladi. 2021 yil 1 iyuldan boshlab: oziq-ovqat mahsulotlarini tamg`alash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi; xavfsizlik belgisi bilan tamg`alangan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi imtiyozli tariflar asosida tarqatiladi (joylashtiriladi); ta`lim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamg`alanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yo`l qo`yilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizasiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi; 2025 yil 1 yanvardan boshlab respublika hududida realizasiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sog`lig`i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamg`alanadi. Bunda tarkibida tuz, qand va yog` miqdorini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog`lig`i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
19.06.2017, 10:46
Hozir shunday zamonki, katta-kichik yorliqlar, reklama roliklari bizni betinim harid qilishga rag`batlantiradi. Gazeta, jurnal, televidenie, radio va har qadamda uchraydigan bannerlardagi ko`tarinki kayfiyat bag`ishlovchi gaplar,...12.01.2017, 15:07
Tanangiz madorsizlanayotganini sezayapsizmi, davosini uzoqdan axtarmang-da, uydagi bor mahsulotlarga diqqat qarating. Misol uchun, kuzda pishadigan qarsildoq turpga. U shamollashda asqotishini hammamiz bilamiz, ammo xotirani charxlashi,...22.12.2016, 15:01
Yangi yil arafasida barchaga sevimli meva – mandarinlar dasturxonimizdan joy oladi. Xitoyda ushbu sitrus mevani tortiq qilish urfga kirgan bo`lib, aytishlaricha bunday sovg`a baxt va...21.12.2016, 14:57
Mikroblardan muhofaza qiladi, organizmdan zaharli moddalarni haydovchi engil singuvchi birlashmalarga boy. Turp sabzavotlar orasida kaliyga eng boyi. Ateroskleroz, podagra, buyrak kasalliklarida, shuningdek, ishtahani ochish uchun...