Vanuatu dunyodagi koronavirusdan holi bo`lgan kam sonli mamlakatlar qatoridan chiqdi. Deya xabar berdi. Tarjumon .uz
Vanuatu Sog`liqni saqlash departamentining chorshanba kuni bergan ma`lumotlariga ko`ra, yaqinda AQShdan qaytgan fuqaroda COVID-19 aniqlangan. U Qo`shma Shtatlardan qaytganidan keyin karantinga olingan va unua o`sha erdaligida koronavirus tashxisi qo`yilgan.
“Koronavirus karantin ichidagi fuqaroda aniqlandi. Shuning uchun bu holat odamlar orasidagi epidemiya darjasiga chiqmadi” deydi Sog`liqni saqlash departamenti.
Ma`lum bo`lishicha, koronavirusga chalingan shaxs Vanuatuga uchib kelayotganda ehtiyot chorasi sifatida boshqa yo`lovchilardan yakkalangan holda olib kelingan. Chunki, u virus yuqtirish xavfi yuqori bo`lgan AQShdan ortga qaytayotgan edi. Shuningdek, u aeroportga etib kelganidan keyin ham barcha karantin choralariga amal qilgan. Hozirda mazkur shaxs bilan kontakt qilgan barcha odamlar nazoratga olingan.
Vanuatu koronavirusdan saqlanish uchun mart oyida chegaralarini yopgandi. Bu davlat yaqindagina o`z fuqarolarini chetdan qaytarib olib kelish uchun o`z chegarasini ochdi.