1

Londondagi Sherlok Xolms uy-muzeyi Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevga tegishli.

Dunyo 12.11.2020, 07:20
Teglar: Londondagi, Qozog`istonning
Londondagi  Sherlok Xolms uy-muzeyi Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevga tegishli.

Londondagi Beyker strit-221B manzilida joylashgan Sherlok Xolms uy-muzeyi Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevning qarindoshlariga tegishli. Bu haqda “The Times” gazetasi “SourceMaterial” ma`lumotlariga tayangan holda yozmoqda

Ma`lum qilinishicha, London shahrining Beyker ko`chasidagi mulk 2015 yili Qozog`istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboevning qizi Dariga Nazarboeva va uning o`g`li Nurali Alievga tegishli bo`lgan.

Mulkning umumiy qiymati 140 million funt sterlingni tashkil etadi. Gazeta ma`lumotiga qaraganda, ko`chmas mulkning 90 foizi Nazarboeva va qolgan 10 foizi uning o`g`liga tegishli bo`lgan.

Shu bilan birga, er reestriga ko`ra, hozir ko`chmas mulkning rasmiy egasi 2005 yilda sotib olgan “Farmont Baker Street Limited” kompaniyasidir. Hozir “Farmont Baker Street” BAA kompaniyasiga tegishli.

Xabarda yozilishicha, Sherlok Xolmsning uyidan tashqari Nazarboevlar oilasi yana bir qancha binolar hamda Beyker ko`chasidagi 215 va 237-uylar orasidagi er maydonlariga egalik qiladi.

Nazarboevlar oilasining vakili bo`lgan “Mishcon de Reya” yuridik firmasi nashr ma`lumotlariga izoh bermagan.

Nashr 2015 yilda “Global Witness” nodavlat tashkiloti surishtiruv o`tkazib, Artur Konan Doyl hikoyalarining bosh qahramoniga bag`ishlangan ushbu muzey Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboevning marhum kuyovi Rohat Alievga tegishli bo`lganini aniqlaganini eslatgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1