1

Rossiya Tog`li Qorabog`dagi tinchlikparvar operasiyasida vertolyotlaridan foydalanadi

Dunyo 12.11.2020, 13:03
Rossiya Tog`li Qorabog`dagi tinchlikparvar operasiyasida vertolyotlaridan foydalanadi

Rossiya Tog`li Qorabog`dagi tinchlikparvarlik operasiyasida Mi-8 va Mi-24 vertolyotlaridan foydalanadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Erevandagi aerodromga 8ta vertolyot etib keldi.

Xabarda aytilishicha, "vertolyotlardan o`q otish va jangovar harakatlarni to`xtatish haqida kelishuvga rioya etilishini havodan monitoring qilishda foydalaniladi".

Bundan tashqari, tinchlikparvar kontingentning shaxsiy tarkibini va mol-mulkini qiyin joylarga etkazib berishda foydalaniladi.

Avvalroq bir kun ichida Tog`li Qorabog`ga 414 nafar Rossiya tinchlikparvar kuchlari va bir necha o`nlab avtomobillar va boshqa transport vositalari, shuningdek /ta vertolyot va pilotsiz uchar qurilmalar olib borilgani haqida xabar berilgan.

Umuman olganda, harbiy guruh tarkibi 1960 nafar harbiy, 90 zirhli avtomashina, 380 dona avtomashina va boshqa texnikadan iborat bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1