AsosiyDunyo

Armanistonda Bosh Vazir iste`fosini talab qilib minglab odamlar ko`chaga chiqdi

'Armanistonda Bosh Vazir iste`fosini talab qilib minglab odamlar ko`chaga chiqdi'ning rasmi

10 noyabr kuni Armaniston Tog`li Qorabog` urushida Ozarbayjonga taslim bo`lganini e`lon qilgandi. Shundan keyin ko`plab armanlar hukumatning bu qaroriga qarshi chiqib, poytaxt Erevanda bosh ko`tarishdi. Namoyishchilar hukumatning bir necha binosiga ham bostirib kirishgan. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Armanistonda ushbu namoyishlar 11 noyabr chorshanba kuni ham davom etib, minglab odamlar Bosh Vazir Nikol Pashinyanning iste`fosini talab qilishdi. Namoyishchilar “Nikol xoin” deya baqirib, Tog`li Qorabog`da mag`lubiyat tan olinganini qoralashdi.

«Bu katta muvaffaqiyasizlik va falokat»,  dedi Pashinyan. U muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olishini aytdi,  ammo iste`foga chiqish haqidadagi talablarni rad etdi.Pashinyan tinchlik bitimi arman armiyasining bosimi ostida imzolaganini aytgan.

Ozarbayjon va Armaniston o`rtasida imzolangan bitimga ko`ra,Tog`li Qorabog` va uning atrofidagi xududlarda urush to`xtatildi va bu erga 2000 nafar Rossiya harbiylari kiritildi.Ular bu erda besh yil muddat qoladi.

    Boshqa yangiliklar